Chastotani boshqarish moslamasi (ChBM) doimiy chastota va amplitudali uch fazali o’zgaruvchan kuchlanishni, o’zgaruvchan chastota va amplitudali uch fazali kuchlanishga aylantiradi.
ChBM asexron dvigatellar, shu jumladan elektr dvigatellar kompressorlar, nasoslar, ventilyatorlar va boshqalarning elektr motorlari tezligini bosqichsiz boshqarish uchun mo’ljallangan.
Nominal kuchlanishi 0,4kV va 6(10)kV ishlab chiqaradi.
Chastotani boshqarish moslamalaridan foydalanish quyidagilarga imkon beradi:
- Mashina va mexanizmlarning avvalgi ishlab chiqarishini saqlab qolgan holda energiya, ta`mirlash, foydalanish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish;
- Elektr dvigatel va harakatlanuvchi mexanizmning ishlash muddatini yuklamaning keng doiradagi o`zgarishida, ishlashini optimallashtirish or`qali oshirish;
- Nasos agregatini ishga tushirishdan avval quvrlardagi gidro urilishlarini va ortiqcha dinamik yuklarni bartaraf qilish;
- Nasoslar, ventilyatorlar, sentrifugalar va boshqalarning foydalanish xarajatlarini kamaytirish;
- O`zgaruvchan kuch bilan ishlaydigan nasoslar, kompressorlar va boshqa agregatlarning energiya sarfini tejash;
- Berilgan texnik jarayon parametrlarini aniq saqlash imkoniyatiga ega yopiq boshqaruv tizimlarini yaratish;
- MODBUS protokoli orqali ob`yektning texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimiga integratsiya qilish;
Qurilmalar filtrlar bilan bir to`plamda, skafli yoki devorga o`rnatilgan shaklda ishlab chiqarilishi mumkin.
ChBM quvvati 0.4kV 1.1 dan 355kw gacha
ChBM quvvati 6(10) kV 250 dan 12 000kW gacha
ChBM qurilmasiga buyurtma berish uchun so`rovnomani yuklab oling.
ChBM qo’llanmani yuklab oling.